01.12.2025
82

SOG’INCH

SOG’INCH

Ketyapman bir ko’prik bo’ylab piyoda,
Avvali beshik-u, oxiri tuproq.
Noma’lum bu yo’lim uzun yo qisqa,
Nimam bor dunyoda gunohdan ko’proq?!

Bandai ojizman, lek hayol cheksiz,
Asri Saodatni qilaman havas.
Ahvolim o’zimga ayondir essiz,
Loyiqlik mavzusi vijdondan ketmas.

Yursam men Madina ko’chalarida,
Eshitsam azonni, takbirni takror.
Shul zamin yeriga qo’yib boshimni,
Sajda qilsam edi bo‘lsa-da bir bor.

Ko’p emas, atiga besh soniyaga,
Mayli-da, uzoqdan, yo’qdir e’tiroz.
Habibim ko’rsaydim so’nmas nur ila,
Shu baxt bir umrga yetar edi rost.

Hadicha onamning qo’llarin o’psam,
Qaniydi quchsalar Fotima onam,
Oisha Humayro qilsalar duo
Yozmoqlik asnosi, ko’zlarimda nam.

Tinglasam qorilar qiroatini,
Yurakka borardi "Kavsar"mi, "Ixlos".
Nasihat qilsalar bitta Rosulim,
Ikki so’z kifoya etardi xolos.

Ramazon oyining bir ro’zasini,
Bog’dagi xurmo-la ochishdir orzum.
O’n to’rt asr o’tib ketganda endi,
Yettinchi asrdan joy bormi bir zum?!

Yetaklar hayollar, istaydi ko’ngil,
Ammo bu taqdirdir, bitilgan azal.
Musulmon tug’ildim, aytingchi menga:
Hayotda nima bor Islomdan afzal?!

Lek, so’nmas umidim, bordir bir iloj,
Duodir hamrohim jami ishimda,
Uyquga ketsam-u, o’zgarsa olam
Saodat asrida yursam tushimda...

Muallif: 1-kurs talabasi
Abdug’afforova Muhsina

Другие новости

✅ Ta’lim muassasasi hayotida muhim tadbirlar davom etmoqda
31.10.2026 2
✅ Ta’lim muassasasi öqituvçisi Xurşida Usmanova Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bölib ötayotgan ilmiy-amaliy anjumanda “Risolai Tohuriya”da tasavvuf va fiqh uyğunligi: zohiriy poklikdan botiniy kamolot sari mavzusida ma’ruza qildi.⚙️ Batafsil: https://t.me/xadichaikubrouz/29986✅...
Подробнее
✅ Ta’lim muassasasi hayotida muhim tadbirlar davom etmoqda
31.10.2026 2
✅ "Abdulla Qodiriy" memorial muzeyi va "Turon" kutubxonasiga sayohat.⚙️ https://t.me/xadichaikubrouz/29842✅ Ta’lim muassasasida “Milliy va diniy urf-odat va marosimlar” fan oyligi doirasida 2-kurs talabalari ishtirokida “Dabdaba va isrofgarchilikka berilishning salbiy oqibatlari....
Подробнее
✅ Ta’lim muassasasi hayotida muhim tadbirlar davom etmoqda
24.10.2026 4
✅ Ta’lim muassasasi hayotida muhim tadbirlar davom etmoqda✅ Talabalar turar joyida yaşovçi talaba qizlar bilan tarbiyaçi-pedagog iştirokida davra suhbati bölib ötdi. ⚙️ Batafsil: https://t.me/xadichaikubrouz/29533✅ Ta’lim muassasasida 21-oktabr - Özbek tiliga...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry