19.11.2025
72

“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan 1-kurslar ishtirokida “Yangi O‘zbekiston-yoshlar davlati” mavzusida munozara (debat) darsi tashkil etildi

✅Ta’lim muassasasida tarix fani o’qituvchisi X.Usmanova tomonidan “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan 1-kurslar ishtirokida “Yangi O‘zbekiston-yoshlar davlati” mavzusida munozara (debat) darsi tashkil etildi. Munozara darsi ochiq eshiklar ostida o‘tkzildi. Dars jarayonida talablar “Tarafdorlar” va “Qarshilar” guruhiga bo’linib, “Yangi O‘zbekiston-yoshlar davlati” mavzusida munozara olib bordilar.

✅Munozara darsi jamiyat yoshlari hayotida dolzarb hisoblangan siyosiy va ijtimoiy, ta’lim va innovatsiya, iqtisodiyot va bandlik hamda ma’naviyat va vatanparvarlik yo‘nalishidagi savollar asosida olib borildi.
Dars jarayonida guruhlar taqdim etilgan savollarga o‘zlarinig  “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan xosil qilgan bilim va ko‘nikmalari asosida javob berib, mamlakatda yoshlarga yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, yoshlar erishayotgan bilim va yutuqlar haqidagi bilimlari bilan birga bu borada mavjud muammolar haqida O‘zbekistonning “yoshlar davlati” deb atalishining ijobiy va salbiy tomonlarini tahlil qilib bordilar.
Debat darsida talabalar o‘zlarining tanqidiy fikrlash, faktlar asosida xulosa chiqarish,  O‘zbekistonda olib borilayotgan yoshlar siyosatini tahlil qilish,  “Yoshlar davlati” iborasining real hayotdagi mazmunini ochib berish, dalillar asosida bahs yurita olish kabi bilim va ko’nikmalarni hosil qildilar.
 Dars yakunida guruhlar hay’at a’zolari tamonidan baholanib borib, ishtirokchi guruhlar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

#munozara_darsi
#debat

🔗 t.me/xadichauz - diniy-ma'rifiy kanal!

Telegram (https://t.me/xadichauz) 🕊| Instagram (https://www.instagram.com/xadichauzofficial/)📱
Facebook (https://www.facebook.com/Xadicha.uz)📱| Youtube (https://www.youtube.com/channel/UCHjfzg_O8G4_0PrEWDuW3-A) 📺

Другие новости

✅ Ta’lim muassasasi hayotida muhim tadbirlar davom etmoqda
31.10.2026 2
✅ Ta’lim muassasasi öqituvçisi Xurşida Usmanova Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bölib ötayotgan ilmiy-amaliy anjumanda “Risolai Tohuriya”da tasavvuf va fiqh uyğunligi: zohiriy poklikdan botiniy kamolot sari mavzusida ma’ruza qildi.⚙️ Batafsil: https://t.me/xadichaikubrouz/29986✅...
Подробнее
✅ Ta’lim muassasasi hayotida muhim tadbirlar davom etmoqda
31.10.2026 2
✅ "Abdulla Qodiriy" memorial muzeyi va "Turon" kutubxonasiga sayohat.⚙️ https://t.me/xadichaikubrouz/29842✅ Ta’lim muassasasida “Milliy va diniy urf-odat va marosimlar” fan oyligi doirasida 2-kurs talabalari ishtirokida “Dabdaba va isrofgarchilikka berilishning salbiy oqibatlari....
Подробнее
✅ Ta’lim muassasasi hayotida muhim tadbirlar davom etmoqda
24.10.2026 4
✅ Ta’lim muassasasi hayotida muhim tadbirlar davom etmoqda✅ Talabalar turar joyida yaşovçi talaba qizlar bilan tarbiyaçi-pedagog iştirokida davra suhbati bölib ötdi. ⚙️ Batafsil: https://t.me/xadichaikubrouz/29533✅ Ta’lim muassasasida 21-oktabr - Özbek tiliga...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry