18.10.2025
56

Mavzu: Yangi hayot uchun – Yangi O‘zbekiston uchun

        Bugungi kunda diyoirimiz O‘zbekistonni kechagi kun bilan solishtirib bo‘lmay qoldi. Nafaqat shahar ko‘chalarida, balki odamlarning dunyoqarashida, turmush tarzida ham tub o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Yangi O‘zbekiston – bu avvalo yangicha filrlaydigan, ilg‘or g‘oyalarga, o‘z taqdirini o‘zi belgilashga harakat qilayotgan insonlarning yurtiga aylanib bormoqda.
Odamlar endi sustkash emas, balki faol bo‘lishga, jamiyatdagi jarayonlarda ishtirok etishga harakat qilishmoqda. Masalan, bugunki kunda, oddiy bir mahallada fuqarolar yig‘ini orqali o‘zlarining muammolarini hal etishadi, hokimiyat bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish imkoniyatiga ega. Bu esa yurtdoshlarimizda, xususan hozirgi zamon yoshlarida o‘zgarishlarga befarq bo‘lmaslik balki mas’uliyatli fuqaro bo‘lishga o’rgatyapti.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda fikr bildirayotgan, jamiyatdagi muammolarga befarq bo‘lmagan yoshlarning ko‘pligi ham yangicha tafakkurga ega jamiyat shakllanayotganidan darak beradi. Yangi O’zbekiston faqat moddiy emas balki ma’naviy boy davlatdir va biz tarixdagi buyuk bobolarimizning davomchisi-avlodimiz. 
        Har qanday taraqqiyotning poydevori- bu adolat va qonun ustuvorligidir. Oxirgi yillarda O‘zbekiston shu tamoyil asosida harakatlarni boshladi. Insonning qadri eng yuqori darajaga ko‘tarilgan,  davlatimiz fuqarolariga xizmat qilyapti, uning huquqlarini himoya qilyapti. 
Ilgari o‘z huquqini talab qilishdan cho‘chigan odamlar bugun ochiqchasiga sudga murojaat qila olishadi, qonuniy manfaatlarini talab qiladi. Nafaqat, qonuniy tarafdan, hatto diniy erkinliklarimiz ham ko’paygan. Bu esa jamiyatda ishonch muhitini yaratdi. Mamalakatimizda vijdon erkinligiga e’tibor kuchli ekanligi sababli biz juda ko’p imkoniyatlarga ega bo’ldik. Ayniqsa, ayollar, yoshlar va imkoniyati cheklangan insonlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni sanab sanog’iga yetib bo’lmaydi hamda ularning jamiyatdagi o‘rni kundan-kun kuchaymoqda. 
Maktabda bolalarga berilayotgan ta’lim-e’tibor, shifoxonalarda bemorlarga nisbatan hurmat, davlat idoralaridagi ochiqlik – bularning barchasi oddiy inson uchun yangi, munosib hayot sari tashlangan dadil qadam desak mubolag’a bo’lmaydi. 
      “Yangi O‘zbekiston” degan tushuncha faqat davlat uchun emas balki biz uchun ham ishlatiladi. Chunki o‘zgarish faqat yuqoridan emas, balki pastdan — ya'ni, xalq ichidan boshlanishi zarur. Agar har bir inson o‘z o‘rnida halol, vijdonan ishlasa, jamiyat o‘z-o‘zidan taraqqiy etadi.
Masalan, o‘qituvchi o‘z fanini mehr bilan o‘rgatsa va  shifokor bemor bilan samimiy muomala qilsa — biz istagan Yangi O‘zbekiston shunday quriladi. Bunda nafaqat davlatning, balki xalqning ham nasibasi bordir. Har birimiz o‘z hayotimizga mas'uliyat bilan qarasak, ya’ni o‘z oilamizni, ko‘chamizni, ish-joyimizni obod qilishga harakat qilishimiz kerak. Davlat- xalq bilan bir jon bo’lgandagina mukammal bo’ladi.                          

 

Muallif: 1-kurs talabasi Muslima Xakimova 

Другие новости

Shohi Zindaga ekskursiya tashkil etildi
24.04.2026 1
#Fotolavha #Ekskursiya✅Xadichai Kubro ta’lim muassasasi ustoz va talabalari uchun Samarqand shahridagi e’tiborli maskanlardan biri - Shohi Zindaga ekskursiya tashkil etildi. Kechki sayr davomida ishtirokchilar ushbu betakror tarixiy majmuaning go‘zalligi, uning...
Подробнее
"23 aprel - Xalqaro ingliz tili kuni" munosabati bilan tashkil etilgan Toshkent islom instituti hamda “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta'lim muassasasi talaba ayol-qizlar o’rtasida bo'lib o’tayotgan "Zakovat" intellektual bellashuvi
23.04.2026 1
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida "23 aprel - Xalqaro ingliz tili kuni" munosabati bilan tashkil etilgan Toshkent islom instituti hamda “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta'lim muassasasi talaba...
Подробнее
🏆 “Barkamol avlod – 2026” sport musobaqalari doirasida saralash bosqichi tashkil etildi.
23.04.2026 1
🏆 “Barkamol avlod – 2026” sport musobaqalari doirasida saralash bosqichi tashkil etildi.♟️🏓 Ayol-qizlar o‘rtasida shaxmat va stol tennisi yo‘nalishlari bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazilmoqda. Ayni damda qizlar o‘rtasidagi musobaqalar qizg‘in tarzda boshlandi.🔗...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry