17.10.2025
93

Sirli qalʼa

                                                 Sirli qalʼa

     Inson dunyoga kelibdiki, har kuni uni oʻrab turgan borliq, atrofidagi turfa xil mavjudotlarga yoʻliqadi. Atrofimizdagi barcha narsa ularning yaratuvchisi, yaʼni yoʻqdan bor qiluvchisi ularni shunday holatga keltirganiga ishora qiladi.  Samo-yu koinot va ulardagi barcha mavjudotlarning bir maromda, maʼlum bir nizom asosida yaratilgani Xoliqning qudratiga dalil boʻladi.

    Ilm ummonining bebaho javohirlari boʻlmish ulamolardan Alloh taoloning vojibul vujud, yaʼni bor boʻlishi vojib boʻlgan (oʻz-oʻzidan hech bir ta’sirsiz va vujudga keltiruvchisiz bor boʻlgan) zot ekanligiga dalil soʻralganda,  bu masalalar gʻuborini  soʻz fasohati bilan ketkazib, ularni oson anglanadigan ma’rifat chirogʻiga aylantirganlar va har bir narsa borasida tafakkur qilib, eshituvchilarni ham fikr yuritishga chorlaganlar. Quyida mana shunday misollardan birini keltiramiz.

     Imom Ahmad ibn Hanbaldan Alloh taoloning borligiga dalil soʻralganda mana shunday javob berganlar: “Bir mustahkam qalʼa bor, uning na teshigi, na tuynugi va na eshigi bor, uning tashqi tarafi goʻyo eritilgan kumush misoli, ichki qismi esa quyultirilgan oltin kabidir

. Garchi uning ichida nafas olish uchun havo yetarli boʻlmaganiga qaramay, undan eshituvchi va koʻruvchi bir hayvon yorib chiqdi. Nahotki bu gʻaroyib holat uni yuzaga keltiruvchi qudratli bir zot borligiga dalolat qilmasa?! Axir bu  ishning oʻz-oʻzidan boʻlishi aql qabul qila olmaydigan bir holat-ku!”.

   Imom Ahmad ibn Hanbal yuqorida “qalʼa” soʻzi orqali tuxumni, “eshituvchi va koʻruvchi hayvon” soʻzi orqali esa joʻjani nazarda tutganlar. Biz kundalik hayotda oddiy yegulik sifatida foydalanadigan tuxumda shuncha hikmatning borligi bu olam Alloh taoloning borligi-yu birligiga ochiq-oydin ishora qilayotgan dalillarga toʻla ekanini bildiradi. Faqat borliqqa diqqat-e’tibor va ibrat nazari bilan qarash kifoya.

 

                                       Tayyorladi: 3-kurs talabasi O. Salimova 

                               Mas’ul ustoz: Aqoid fani oʻqituvchisi S. Muxamedxodjayeva                

Другие новости

✅ Ta’lim muassasasi hayotida muhim tadbirlar davom etmoqda
31.10.2026 2
✅ Ta’lim muassasasi öqituvçisi Xurşida Usmanova Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bölib ötayotgan ilmiy-amaliy anjumanda “Risolai Tohuriya”da tasavvuf va fiqh uyğunligi: zohiriy poklikdan botiniy kamolot sari mavzusida ma’ruza qildi.⚙️ Batafsil: https://t.me/xadichaikubrouz/29986✅...
Подробнее
✅ Ta’lim muassasasi hayotida muhim tadbirlar davom etmoqda
31.10.2026 2
✅ "Abdulla Qodiriy" memorial muzeyi va "Turon" kutubxonasiga sayohat.⚙️ https://t.me/xadichaikubrouz/29842✅ Ta’lim muassasasida “Milliy va diniy urf-odat va marosimlar” fan oyligi doirasida 2-kurs talabalari ishtirokida “Dabdaba va isrofgarchilikka berilishning salbiy oqibatlari....
Подробнее
✅ Ta’lim muassasasi hayotida muhim tadbirlar davom etmoqda
24.10.2026 4
✅ Ta’lim muassasasi hayotida muhim tadbirlar davom etmoqda✅ Talabalar turar joyida yaşovçi talaba qizlar bilan tarbiyaçi-pedagog iştirokida davra suhbati bölib ötdi. ⚙️ Batafsil: https://t.me/xadichaikubrouz/29533✅ Ta’lim muassasasida 21-oktabr - Özbek tiliga...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry