10.03.2025
196

✅ BMT va O‘zbekistonning terrorizmga qarshi kurash va inson huquqlari sohasida hamkorligi

 

  🟢2021 yil 16 dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasida “Terrorizm va inson huquqlari” nomli 76/169-sonli rezolyusiya qabul qilindi. Rezolyusiyada terrorizm hamda terrorizm uchun sharoit yaratadigan zo‘ravonlik ekstremizmining barcha xurujlari, usul va amaliyotlari, qaysi shakl va ko‘rinishda yuz berishi, qaerda va kim tomonidan sodir etilishi, qanday motivatsiya yo moliyaviy, moddiy yoki siyosiy qo‘llab-quvvatlash negizida sodir etilishidan qat’i nazar, xalqaro huquqqa mutlaqo mos kelmaydigan xatti-harakat sifatida so‘zsiz qoralanishi ta’kidlangan.
 🟢  BMT Bosh Assambleyasining Rezolyusiyasida, shuningdek, terrorizm hamda terrorizm uchun sharoit yaratadigan zo‘ravonlik ekstremizmi inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini to‘la ro‘yobga chiqarishga g‘ov bo‘lishiga e’tibor qaratilgan. Bu salbiy omillar tufayli esa, bir tomondan, insonning siyosiy, shaxsiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarini amalga oshirish yo‘lida to‘siqlar yuzaga kelsa, ikkinchi tomondan, davlatlarning hududiy yaxlitligi va xavfsizligi, hukumatlarning barqarorligi, huquq va demokratiyaning ustuvorligi, yanada tashvishlanarlisi, dunyoda farovon jamiyatlar, xalqaro tinchlik hamda xavfsizlikning mavjudligi ulkan tahdid ostida qoladi.
 🟢  Bundan tashqari, 76/169-sonli rezolyusiyada  barcha davlatlar hukumatlaridan BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining Terrorizmga qarshi kurashda inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilish masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisiga uning zimmasiga yuklangan vazifa hamda majburiyatlarini bajarishida har tomonlama yordam ko‘rsatishi so‘ralgan.

Ta’lim muassasasi o’qituvchisi G.Maxamedova

Telegram (https://t.me/xadichauz) 🕊| Instagram (https://www.instagram.com/xadichauzofficial/)📱
Facebook (https://www.facebook.com/Xadicha.uz)📱| Youtube (https://www.youtube.com/channel/UCHjfzg_O8G4_0PrEWDuW3-A) 📺

Другие новости

✅ Ta’lim muassasasi hayotida muhim tadbirlar davom etmoqda
31.10.2026 2
✅ Ta’lim muassasasi öqituvçisi Xurşida Usmanova Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bölib ötayotgan ilmiy-amaliy anjumanda “Risolai Tohuriya”da tasavvuf va fiqh uyğunligi: zohiriy poklikdan botiniy kamolot sari mavzusida ma’ruza qildi.⚙️ Batafsil: https://t.me/xadichaikubrouz/29986✅...
Подробнее
✅ Ta’lim muassasasi hayotida muhim tadbirlar davom etmoqda
31.10.2026 2
✅ "Abdulla Qodiriy" memorial muzeyi va "Turon" kutubxonasiga sayohat.⚙️ https://t.me/xadichaikubrouz/29842✅ Ta’lim muassasasida “Milliy va diniy urf-odat va marosimlar” fan oyligi doirasida 2-kurs talabalari ishtirokida “Dabdaba va isrofgarchilikka berilishning salbiy oqibatlari....
Подробнее
✅ Ta’lim muassasasi hayotida muhim tadbirlar davom etmoqda
24.10.2026 4
✅ Ta’lim muassasasi hayotida muhim tadbirlar davom etmoqda✅ Talabalar turar joyida yaşovçi talaba qizlar bilan tarbiyaçi-pedagog iştirokida davra suhbati bölib ötdi. ⚙️ Batafsil: https://t.me/xadichaikubrouz/29533✅ Ta’lim muassasasida 21-oktabr - Özbek tiliga...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry