22.08.2026
28

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining «Zamonaviy diniy ta’lim: pedagogika, ilm-ma’rifat va innovatsiya» I ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi

#Ilmiy_amaliy_anjuman
#fotolavhalar

🌙 O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining «Zamonaviy diniy ta’lim: pedagogika, ilm-ma’rifat va innovatsiya» I ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

🌙 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Muzaffar Komilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov, diniy ta’lim muassasalari rahbarlari, bosh imom-xatiblar, professor-o‘qituvchilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

🌙 Tadbirda «Xadichai kubro ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi direktori Maryam ustoz Abdullayeva va ta’lim muassasasi o‘qituvchi-xodimlari qatnashdi. I ilmiy-amaliy anjumanida ta’lim muassasasida ko‘p yillar davomida turli lavozim va vazifalarda sidqidildan mehnat qilib, yoshlarga ta’lim-tarbiya berish hamda muassasa faoliyatini rivojlantirishga qo‘shib kelayotgan munosib hissasi uchun Muxamedxodjaeva Sanabar Abdujalilovna Faxriy yorliq bilan taqdirlanadi.

🌙 I ilmiy-amaliy anjuman doirasida ishtirokchilarga mahorat darslari oʻtildi. Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarga nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalar ham berilib, ularning ilmiy, ma’naviy va kasbiy salohiyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

🌙 I ilmiy-amaliy anjuman doirasida ishtirokchilar "Koʻkaldosh" oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasining yangi binosi bilan har tomonlama yaqindan tanishdilarю

🔗 t.me/xadichaikubrouz - diniy-ma'rifiy kanal!

Telegram🕊| Instagram📱
Facebook📱| Youtube  📺

Другие новости

Ta’lim muassasasida 1-oktabr - Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ustozlar qalbimizdagi so‘nmas chiroqdir” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
28.09.2026 11
✅ Ta’lim muassasasida 1-oktabr - Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ustozlar qalbimizdagi so‘nmas chiroqdir” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 🗣 Tadbirda ustoz va murabbiylarning yosh avlodga ilm berish, odob-axloq...
Подробнее
✅ Ta’lim muassasasi hayotida muhim tadbirlar davom etmoqda
28.09.2026 13
✅ Ta’lim muassasasi hayotida muhim tadbirlar davom etmoqda✅ Taʼlim muassasasida sentabr Qurʼoni karim va tajvid fan oyligi munosabati bilan talabalar oʻrtasida musobaqa tashkil etildi.⚙️ Batafsil: https://t.me/xadichaikubrouz/28789✅ Taʼlim muassasasida oʻtkazilgan "Mustaqil...
Подробнее
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif
24.06.2026 41
✅Ta’lim muassasasi jamoasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Tashrif davomida jamoa markaz faoliyati, amalga oshirilayotgan ilmiy-ma’rifiy loyihalar hamda mamlakatimizning boy islomiy merosini o‘rganish va...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry